Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya termasi futbolchilariga Yevro-2016 turnirida g‘alaba uchun 300 ming yevrodan mukofot va'da qilindi
Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel Le Gre terma jamoa futbolchilari uchun Yevro-2016 bo‘yicha mukofotlar miqdorini ma'lum qildi.
«Men terma jamoa vakillari bilan uchrashdi [Loris va Matyuidi] hamda ularga ba'zi narsalarni ayon qildim. Federatsiya hamisha UYeFA yoki FIFAdan olingan mablag‘larning 30 foizini mukofot uchun ajratamiz.
Agar terma jamoa turnirda g‘olib chiqsa, futbolchilar 300 ming yevrodan olishadi. Men ularga shunday mablag‘larni to‘lashni juda istayman.
Biz guruh bosqichidan va nimchorak finaldan o‘ta olmaslik ehtimolini ko‘rib chiqqanimiz ham yo‘q», – degan Le Gre.
Qo‘shimcha qilinishicha, terma jamoa finalda mag‘lub bo‘lsa, futbolchilar 250 ming yevrodan olishadi. Yarim finalda to‘xtalsa, futbolchilarning mukofot pullari miqdori 210 ming, chorak finaldagi ishtirok uchun esa 165 ming yevrodan bo‘ladi.
Le Grening so‘zlariga ko‘ra, mukofotlarning 5 foizi zaxira futbolchilari uchun ajratiladi.
Fransiya terma jamoasi turnirning guruh bosqichida Albaniya, Ruminiya va Shveytsariya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.