Jamiyat | 20:43 / 01.06.2016
5908
1 daqiqa o‘qiladi
Grenlandiya vaziri o‘g‘lini ov qilishga o‘rgatishi sababli o‘z lavozimini tark etdi
Grenlandiyaning baliqchilik, ov va qishloq xo‘jaligi vaziri Karl-Kristian Kruze o‘g‘lini ov qilishga o‘rgatmoqchiligi sababli o‘z lavozimini tark etishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Arctic Journal.
"Mening o‘g‘lim ovchi bo‘lmoqchi, men uning yonida bo‘lsam u yaxshi ovchi bo‘la oladi", deb aytdi vazir milliy parlamentdagi chiqishida.
Ma'lum qilinishicha, Kruz o‘z lavozimini 2014 yildan beri egallab kelayotgan edi.
Vazir odatda farzandlarning tarbiyasi bilan ayollar shug‘ullanishini, biroq u bu ishni o‘z qo‘llariga olishga qaror qilgani va xalq uni to‘g‘ri tushunishiga umid qilishini aytdi.
Grenlandiyada tyulen, morj va oq ayiqlarga ov qilish an'anaviy kasb-kor hisoblanadi.