19:50 / 01.06.2016
3537

«Inter» turkiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib oldi

«Inter» Turkiyaning «Fenerbahche» klubidan Janer Erkinni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Turkiya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi milanliklar klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan va 2019 yilning yoziga qadar tuzilgan shartnomani imzolagan.

Janer o‘z vaqtida «Manisaspor», TsSKA (2007-2010) va «Galatasaroy» jamoalarida ham to‘p surgan.

U Turkiya terma jamoasining 2016 yilgi Yevropa chempionatiga boradigan tarkibidan joy olgan.

Top