Jahon | 11:36 / 01.06.2016
2909
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Janubiy Koreyadagi metro qurilishida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreya poytaxti Seuldan uncha uzoq bo‘lmagan joyda metropoliten qurilish ishlarida yuz bergan baxtsiz hodisa natijasida to‘rt ishchi halok bo‘lgan. Bu haqda Nam'yanju shahri o‘t o‘chirish xizmati ma'lumotiga asoslanib, Reyter xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar soni sakkiz kishidan iborat.

Manbaning ma'lum qilishicha, baxtsiz hodisaga gaz portlashi sabab bo‘lgan. YTN telekanali ma'lumotiga ko‘ra, jabrlanganlarning ikki nafarining ahvoli og‘ir darajada.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish