Jamiyat | 12:15 / 01.06.2016
8233
2 daqiqa o‘qiladi

OAVda Jonni Depp va Ember Xyordning ajrashishi sababi ma'lum qilindi

Jonni Depp va Ember Xyordning ajrashishi sabablari ma'lum qilindi.

Juftlikka yaqin bo‘lgan manbalar bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Deppning oilasi uning yosh xotiniga yaxshi  munosabatda bo‘lmagani tufayli nizo kelib chiqqan. 

Nikoh marosimidan bir yil o‘tib 52-yoshli Jonni Depp va 30 yoshli Ember Xyord ajrashishga qaror qilishdi. 26 may kuni tarqalgan ushbu xabarning tashabbuskori aktyor Jonni Depp bo‘lgan. 

31 may kuni esa ommaviy axborot vositalari xodimlari ajrashish sabablarini ma'lum qilishdi. 

Manbalardan birida yozilishicha, Deppning oilasi uning yosh xotiniga nisbatan yaxshi munosabatda bo‘lmaganligi uchun ajrim mojarosi kelib chiqqan.

TMZ nashri bergan ma'lumotga qaraganda, aktyorning farzandlari, opasi va onasi ochiqdan-ochiq Xyordni yoqtirishmagan.   

Ushbu manbaga ko‘ra, Deppning yaqinda 81 yoshida kasallikdan vafot etgan  onasi Betti Syu Palmer Emberning o‘g‘lidan pul va shuhrat uchun foydalanadi degan fikrda bo‘lgan.

Buni Jonni Deppning rasmiy sayti ham ta'kidlagan.  

«Qisqa muddatli nikoh va onasining o‘limidan qattiq tushkunlikka tushgan Jonni shaxsiy hayoti bilan bog‘liq mish-mishlarga shaxsan izoh bermayapti. 

Ember Xyordning yaqinlaridan biri esa vaziyatni: «Ember o‘zi uchun qayg‘urish borasida qo‘lidan kelganini qildi», deya sharhlagan.