Sport | 15:04 / 01.06.2016
5765
2 daqiqa o‘qiladi

Pelening 33 yilga ozodlikdan mahrum etilgan o‘g‘li "Agua Santa" jamoasiga murabbiy bo‘ldi

Edino nomi bilan tanilgan, Pelening 33 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan 45 yoshli o‘g‘li Edson Sholbi Nasimentu Braziliyadagi "Agua Santa" jamoasini boshqaradigan bo‘ldi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar bergan.

2014 yilning yozida, "Santos" jamoasining sobiq darvozaboni bo‘lgan Edino giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullangani uchun 33 yilga qamoq jazosiga hukm qilingandi.

Sud hukmidan norozi bo‘lgach, Edino apellyatsiyaga bergan va ish qayta ko‘rib chiqilgunga qadar ozodlikda bo‘lgan.

U 1992 yil futboldagi faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ko‘cha poygalarida ishtirok etgani uchun olti yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. O‘sha poygada ishtirokchilardan biri vafot etgan. 2006 yil esa giyohvand moddasi — kokain savdosi bilan shug‘ullangani uchun hibsga olingan va yarim yilni qamoqda o‘tkazgan, keyinroq advokatlar uning aybsiz ekanini isbotlashgandi.

Edino 1999 yili 29 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagandi. 

"Agua Santa" jamoasi o‘tgan yili San-Paulu shtati divizionini tark etgan.