Jahon | 07:41 / 01.06.2016
3175
1 daqiqa o‘qiladi
Pentagon Suriya va Iroqda ikki nafar AQSh harbiysi yaralanganini ma'lum qildi
Pentagonda o‘tgan dam olish kunlari AQShning ikki harbiysi yaralangani ma'lum qilindi. Ulardan biri Suriyada, ikkinchisi Iroqda yaralangan, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
"Ular front chizig‘ida bo‘lishmagan, faol jangovor harakatlarga jalb qilinmaganlar, biroq ikki vaziyatda ham tasodifan yarador bo‘lishgan", deb aytdi Pentagon vakili kapitan Jyeff Devis.
Devis harbiylar qo‘shinning qaysi turiga mansub bo‘lganlarini aytmagan.