Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rio olimpiadasida professional bokschilar ishtirok etishiga ruxsat berildi
Professional boks bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuri hamda boshqa professional bokschilar 5 avgust kuni Rio-de-Janeyro shahrida boshlanadigan yozgi olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olishlari mumkin bo‘ladi
Bu bo‘yicha qaror Shveytsariyada o‘tkazilgan Xalqaro havaskorlar boks assotsitsiyasi (AIBA) sammiti yakunlariga ko‘ra qabul qilingan.
Yangi qoidalarga ko‘ra, istalgan professional bokschi Venesuelada bo‘lib o‘tadigan saralash turniridagi ishtirok orqali olimpiadaga yo‘llanma olishi mumkin.
Bundan oldinroq, ukrainalik professional bokschi Vladimir Klichko Olimpiadada ishtirok etish niyati haqida aytib o‘tgandi.
O‘z navbatida, britaniyalik professional bokschi Karl Frempton bu qarorni "o‘ta ahmoqona" deb atab, havaskorlar boksi va professional boksni alohida ajratish kerakligini ta'kidlagan.
"Bu badmintonchining tennis o‘ynashi bilan barobardir", degan Frempton.
AIBA rahbari Ching Kuo Vu ayni vaqtda olimpiadada ishtirok etishni istovchi qancha professional bokschi borligini aniq aytish qiyinligini qayd etgan.