Rossiyaning eng qashshoq hududi nomi e'lon qilindi
2015 yil natijalariga ko‘ra, ikki farzandga ega o‘rtacha rossiyalik oilada, oylik eng kam xarajatlardan so‘ng, kamida 28,1 ming rubl puli qoladi, deya xabar qilmoqda RIA Reyting. Bu 2014 yilgi raqamdan 13 foizga pastdir.
Ekspertlar o‘z hisob-kitoblariga har bir mintaqadagi o‘rtacha oylik ish haqi va Rossiyaning alohida bir mintaqasi uchun eng kam yashash mablag‘i ko‘rsatkichini asos qilib olishgan.
Umuman, eng kam miqdorda xarajat qilinganidan keyin, oila ixtiyorida qoladigan naqd pul bo‘yicha Yamalo-Nenets avtonom okrugi 91,227 ming rubl bilan birinchi o‘rinni egallagan. Ikkinchi o‘rinda, Chukotka avtonom okrugi (89,983 ming rubl), uchinchida Moskva (69,406 ming rubl) joylashgan.
Rossiyaning, bir oyda eng kam xarajat qilganidan so‘ng, qashshoqlik darajasiga yaqinlashib qoladigan mintaqasi sifatida Pskov oblasti ko‘rsatilmoqda. Bu yerda, barcha minimal xarajatlardan so‘ng, oila ixtiyorida atigi 570 rubl qoladi.