15:57 / 01.06.2016
9208

Saudiya Arabistonida 14 kishi terrorizmda ayblanib o‘limga hukm qilindi

Saudiya Arabistoni sudi 14 kishiga nisbatan o‘lim hukmini e'lon qildi. Ushbu shaxslar Al-Katif shahrida terrorchilik harakatlari sodir etganlikda ayblangan. Bu haqda Al Arabiya xabar tarqatdi.

Qayd etilishicha, yana 9 kishiga turli darajada qamoq jazolari tayinlangan.

2016 yilning yanvarida Saudiya Arabistonida Al-Katifdagi namoyishlar vaqtida politsiyachilarga hujum qilganlikda ayblanib o‘lim jazosiga mahkum etilgan 47 kishi qatl etilgandi.

O‘shanda "Al-Qoida"ning Saudiya Arabistonidagi bo‘limi yetakchisi Faris az-Zaxroniy hamda mamlakatdagi shialar xatibi Nimr an-Nimrga nisbatan ham o‘lim jazosi ijro etilgandi. Shialar shayxi an-Nimrning o‘ldirilishi Eronda katta noroziliklar to‘lqinini keltirib chiqardi va keyinroq Saudiya Arabistoni va Eron o‘rtasidagi diplomatik aloqalar uzildi.

2014 yili IShID terrorchilari Saudiya Arabistonining turli hududlarida istiqomat qiluvchi shialarga hujumlar uyushtirgandi.

Top