Köpçilik aviatsiya taraqqiy etayotgani bois temiryöl transportiga ehtiyoj qolmayapti degan xayolga borişi mumkin. Ammo bunday emas. Temir yöl öz mavqeini osonlikça topşiriş niyatida emas. Buni 1 iyun kuni oçilgan dunyodagi eng uzun temiryöl tunnelining işga tuşirilişida yaqqol körişimiz mumkin.

1 iyun kuni temir yöl tarixida olamşumul voqea yuz berdi. Jahonda eng uzun bölgan temir yöl tunneli oçildi. Uzunligi 57 kilometrni taşkil qiluvçi mazkur inşoot Şveytsariyaning Alp toği hududida foydalanişga topşirildi. Endilikda Germaniyadan Şveytsariya orqali Italiyaga boriş vaqti bir soatga qisqaradigan böldi. Loyiha qiymati 12 milliard yevroga teng ekani aytilayotgan yer osti yölining oçiliş tadbirida Şveytsariya prezidenti Yohann Şnayder-Ammann, Fransiya prezidenti Fransua Olland, Germaniya kansleri Angela Merkel va Italiya boş vaziri Matteo Rentsi xamda Yevropadagi bir qator davlatlarning transport vazirlari ham iştirok etdi.

Alp toği ostidan tunnel quriş ğoyasi ilk bor 1947 yilda ilgari surilgan edi. Biroq loyiha bir qator texnik muammolar bilan töqnaş keldi. Oradan 50 yil ötib, Şveytsariya matbuoti yozayotganidek “asr qurilişi” boşlandi. 17 yil davom etgan quriliş byudjyeti 12,1 milliard şveysariya frankini taşkil qiladi. Bu 12 milliard yevro demakdir. 

Loyihaning birinçi varianti 1962 yilda yaratilgan bölib, dastlab tunnelning uzunligi 45 kilometrni taşkil qilişi belgilangan edi. Birinçi skvajinalarni burğilaş 1993 yilda, tayyorgarlik işlari 1996 yilda, asosiy işlar 2001 yilda, tuproqning olinişi 2003 yilda boşlangan. Quriliş işlariga bir vaqtning özida 2,5 mingga yaqin işçi jalb qilindi. Yer osti yölini qaziş işlari ikki tomondan olib borildi. Qaziş işlari şimolda Erstfeldadan, janubda esa Bodiodan boşlangan. Ikki tomon 2010 yilda uçraşdi.

Gotard temir yöl tunneli uç qismdan iborat. Asosiy ikkita qismidan poyezdlar harakatlanadi. Uçinçi tunnel favqulodda vaziyatlar yuz bergudek bölsa, yölovçilarni xavfsiz joyga olib çiqiş uçun möljallangan. Ğarbiy tunnelning uzunligi 56,9 kilometr, şarqiy tunnel — 57 kilometrdan iborat. Tunnelning xizmat va yölovçilar yurişi uçun möljallangan yölaklari bilan umumiy uzunligi 153,4 kilometrni taşkil qiladi. Trassa minimal darajadagi kötarilişlar, tuşişlar va keskin burilişlarsiz loyihalangan. Bu poyezdlarga soatiga 250 kilometr tezlik bilan yurişga imkon beradi. Şveytsariya temiryölar kompaniyasi Biaska va Erstfeld şaharlarida favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda yordam körsataditgan ikita texnik xizmat körsatiş markazini qurdi. Tunnel içida ikkita köp vazifali temir yöl stansiyasi mavjud bölib, ular avariya, tarkiblarni almaştiriş vaqtida işlatilişi mumkin. Tunnel orqali tez yurar yölovçi poyezdlari soatiga 250 kilometr tezlikda, yuk poyezdlari esa 160 kilometr tezlikda harakatlanadi. Bu degani yölovçilar Erstfeldadan Bodiogaça 20 daqiqada yetib olişlarini anglatadi. Bu tunnel çuqurlik böyiça ham rekord körsatkiçga ega. Uning ba'zi joylarini toğ yuzasidan 1,6 kilometrlik masofa ajratib turadi. Tunnel toğ daryolari va hattoki gidroelektrostansiyalar ostidan ötadi. 1 iyun kuni tunnel orqali birinçi poyezdlar ötgan bölsa, 2017 yilning yanvaridan yöl töliq foydalanişga tuşiriladi.

Poyezdlar harakati dekabr oyida boşlanadi. Unga qadar texnik sinovlar ötkaziladi. 2020 yilga borib bir kunda Tsyurix va Luganoni boğlovçi bu tunneldan 15 ming kişi foydalanadi.

Tunnel Alp toği hududida havoning ifloslanişi darajasini kamaytirişga yordam beradi va yöllarda tirbandlik keltirib çiqaruvçi yuk transporti muammosini hal qiladi. 2020 yilga qadar tunnel orqali 210 mingta yuk maşinasi ötişi kutilmoqda. Kuniga tunnel böylab 200-250ta yölovçi va yuk poyezdi ötadi.

Tunnelni qazişda ikkita burğilaş qurilmasi qöllangan. Umumiy hisobda 28,2 million tonna toğ jinsi qazib olindi. Qazib olingan toğ jinslaridan beşta Heops ehromi quriş mumkin böladi. Gotard tunneli yer yuzidagi eng uzun va şu bilan birga eng çuqur inşoot deya tan olindi.

“Asr tunneli” oçiliş tadbiriga mingdan ortiq mehmon taklif qilindi. Tadbirni yoritiş uçun ommaviy axborot vositalarining 300dan ortiq vakili akkreditatsiyadan ötdi. Yangi tunneldan birinçi bölib 1000dan ortiq şveysariyalik foydalandi. Pollejo şahridan Erstfelda şahriga boruvçi poyezdga çiptalar milliy televideniye orqali öynalgan lotereya orqali berildi. Umumiy hisobda 140 mingdan ortiq kişi tunneldan ötuvçi poyezdning birinçi yölovçilari bölişga xohiş bildirişgan.

Bayram tadbirlari iyun oyida Şveytsariyaning Arau, Byorn, Bazel, Jyeneva, Vintertura va Tsyurixdagi temir yöl bekatlarida bölib ötadi. Barça xohlovçilar 4-5 iyun kunlari maxsus poyezdlarda jahondagi eng uzun tunnel böylab sayr qilişlari mumkin. 30 yevroga baholanayotgan çiptalarni Şveytsariya temir yöllari saytidan xarid qiliş mumkin.

Olamşumul hodisa munosabati bilan Şveytsariyada Gotard tunneliga bağişlangan ikki xil tanga zarb qilindi. Oltin tangalardan may oyida 4,5 mingtasi zarb qilingan. Kumuş tangalar esa avvalroq, ya'ni yanvar oyida beş ming dona zarb qilingan edi.

Aholisi 8 milion 325 ming kişidan iborat Şveytsariya loyihani amalga oşiriş uçun katta işlarni amalga oşirdi.

Mustaqil taraqqiyot yölini tanlagan Özbekistonda ham bu kabi loyihalarga katta ahamiyat qaratilmoqda. Jumladan, kuni keça, Angren-Pop elektrlaştirilgan temir yöl uçastkasidan tajriba tartibida birinçi poyezd ötdi. Temir yölning "Qamçiq" tunneli içidagi 11-kilometrida relslar tutaştirilgan. Poyezdlarning tunnel orqali doimiy harakati iyun oyining oxirida boşlanişi rejalaştirilgan. Angren-Pop temir yöli 123,1 kilometr uzunlikka ega bölib, bu masofaning 19,1 kilometrlik qismi tunneldan iborat. Tunneldagi burğilaş işlari Xitoyning China Railway Tunnel Group kompaniyasi bilan hamkorlikda, pölat polotnoni yotqiziş işlari esa «Özbekiston temir yöllari»ning öz kuçi bilan amalga oşirildi. Ayni paytda loyihaning yakuniy bosqiçi — muhandislik işlarini yölga qöyiş va yölni elektrlaştiriş böyiça tadbirlar amalga oşirilmoqda. 

Şarofiddin Tölaganov