Jamiyat | 14:31 / 01.06.2016
4939
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida “Yoshlik bahori” ko‘rik-festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik Katta teatrida “Yoshlik bahori” yosh opera ijrochilari respublika ko‘rik-festivali g‘oliblarini taqdirlash marosimi va ular ishtirokida gala-konsert bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.    

Bu yilgi festivalda 18 yoshdan 32 yoshgacha bo‘lgan, opera san'ati yo‘nalishida tahsil olayotgan yoki ijodiy jamoalarda faoliyat ko‘rsatayotgan 44 nafar iste'dod sohibi qatnashdi. Ular taqdim etgan asarlar hakamlar hay'ati tomonidan ko‘rib chiqildi. Yosh xonandalarning o‘zbek va jahon kompozitorlari asarlarini maromiga yetkazib ijro etishi, ovoz imkoniyatlari, ijro texnikasi va mahoratiga alohida e'tibor qaratildi.  

  Rustam Alimardonov (tenor) birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin Shirin Mamatovaga (soprano) nasib etdi. Xo‘janazar Jumayev (tenor) uchinchi o‘ringa loyiq topildi. 

Ko‘rik-festival g‘olib va sovrindorlari ijrosida jahon va o‘zbek kompozitorlarining asarlaridan iborat konsert namoyish etildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish