Jamiyat | 15:47 / 01.06.2016
3212
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxdagi harbiy qismda Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Jizzax viloyati, Baxmal tumanidagi harbiy qismda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining o‘rinbosari, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi a'zosi A.Usmanovning tashabbusi bilan 1 iyun – “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda harbiy xizmatchilar, ularning oila a'zolari, mahalliy davlat boshqaruvi organlarining mas'ul xodimlari hamda OAV vakillari ishtirok etishdi. 

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirda harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarini yaqinlashib kelayotgan eng ulug‘ va eng aziz bayram – mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi ayyomi bilan hamda bolajonlarni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan samimiy tabriklashdi.

Shuningdek, ma'ruzachilar tomonidan mudofaa sohasida qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun mohiyati hamda respublikamizdagi  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va bunyodkorlik ishlari to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar yetkazildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish