Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 iyun kuni Ellikqal'ada bir qancha servis va xizmat ko‘rsatish obektlari foydalanishga topshirildi
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 2016 yilning 31 may kunida Ellikqal'a tumanida ezgu an'anaga aylanib borayotgan yangi o‘nlab servis va xizmat ko‘rsatish obektlari faoliyatini boshlash marosimlari o‘tkazildi.
Jumladan, tuman yoshlarining bilim olishi va o‘qish sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida 47-sonli umumta'lim maktabi manzilli dastur asosida kapital ta'mirlandi, bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sportga jalb qilish maqsadida tuman markazi Bo‘ston shahri va Sarabiy OFYda 2ta yangi mini futbol maydonchalari ishga tushirildi. Sana munosabati bilan Ellikqal'a OFYda kulolchilik sexi va to‘yxona, Tozabog‘ OFYda choyxona, Sarabiy OFYda guzar, Bo‘ston shahrida AGZS va savdo majmuasi kabi o‘nlab servis va xizmat ko‘rsatish obektlari aholiga xizmat ko‘rsata boshladi.
Shuningdek, Jaloliddin Manguberdi nomli istirohat bog‘ida 31 may – 1 iyun kunlari bolalarning turli attraksionlardan bepul foydalanishi yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu ezgu an'ana va tumandagi bunyodkorlik ishlari davom ettirilmoqda. O‘zbekiston mustaqilligining 25 yillik bayramiga munosib sovg‘a tayyorlash maqsadida yana bir necha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik obektlari barpo qilinmoqda.










Kun.uz muxbiri Abbos Reimov, Ellikqal'a