Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxonada Qodir Maxsumov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tadi
Joriy yilnig 4 iyun kuni soat 12:00 da Alisher Navoiy nomli Milliy kutubxonaning katta zalida “O‘zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi, RMTM huzuridagi “Ma'naviyat targ‘ibotchisi” nodavlat ta'lim muassasasi, Kun.uz va Notiq.uz internet nashri tahririyati tomonidan tashkil etilgan “Til, nutq-tafakkur va milliy g‘oyamiz quroli” mavzuidagi ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tadi.
“Til, nutq-tafakkur va milliy g‘oyamiz quroli” mavzuidagi ma'rifiy tadbir “O‘zbekiston” NMIUda nashr etilgan “Dil-qulf, til-kalit” hamda O‘zbekiston xalq artisti, mashhur suxandon Qodir Maxsumovning hayotiy va ijodiy faoliyatiga bag‘ishlangan “Toshkentdan gapiramiz!” nomli kitoblar taqdimoti doirasida bo‘lib o‘tadi.
Tadbirga TVXTXQTMOI professor o‘qituvchilari, teleradiokompaniya suxandonlari va boshqa mehmonlar tashrif buyurishi ko‘zda tutilgan.
Tadbir dasturi kirish so‘zidan so‘ng, “O‘zbekiston” NIMU direktorining birinchi o‘rinbosari Ashurali Jo‘rayev so‘zga chiqib, Kitob-tafakkur qanoti mavzusida, institut professori R.M.Jumaniyozov “Nutq-ta'lim ochqichi, Xulq-tarbiya tutqichi” mavzusida nutq so‘zlaydi. Qodir Maqsumovning shogidlari, kasbdoshlari, shuningdek, farzandlari so‘zga chiqib, O‘zbekiston xalq artisti, mashhur suxandon Qodir Maxsumov bilan bog‘liq xotiralarni o‘rtoqlashadi.