Jamiyat | 19:57 / 02.06.2016
4868
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda olti yoshli bolakay qizil chiroqdan o‘tib ketgan otasi haqida shikoyat qildi

AQShning Massachusets shtatida olti yoshli bolakay qizil chiroqdan o‘tib ketgan otasidan shikoyat qildi, deb xabar beradi Sky News.

Bola 911 dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, qoida buzilganlik holati haqida aytib berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolakayning otasi onasiga tegishli yangi qora mashinada qizil chiroqdan o‘tib ketgan.  Dispetcherning keyin nima sodir bo‘ldi, degan savoliga bolakay avtomobil yuvish shahobchasiga yo‘l oldik, deya javob bergan.  
Ma'lum bo‘lishicha, dispetcher bilan suhbatlashib bo‘lgach, bola go‘shakni otasiga uzatgan. Qoidani buzgan ota esa xijolat bo‘lib, qilgan ishi uchun uzr so‘ragan.  
Politsiya telefondagi suhbat audioyozuvini internetga joylagan, biroq jarima solmagan.