Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik 30 dollar evaziga ichida ayol jasadi bor muzlatgich xarid qilgan
Amerikaning Shimoliy Karolina shtati fuqarosi qo‘shnisidan, ko‘chish oldidan 30 dollarga muzlatgich xarid qilganidan 3 hafta o‘tgach, uning ichida qariya ayolning jasadi borligiga guvoh bo‘lgan, deb xabar qilgan NBC News politsiya ma'lumotiga tayangan holda.
Amerikalik ayolning hikoya qilishicha, xariddan so‘ng, uning avvalgi egasi, muzlatgich ichida yakshanba kungi cherkov maktabi uchun buyumlar bo‘lishi, uni keyinroq mahalliy cherkov vakillari olib ketishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Boshqa OAV xabariga ko‘ra, sotuvchi xaridor ayoldan muzlatgichning ikkinchi kamerasini ochmaslikni so‘ragan, so‘ngra shaharni tark etgan.
3 haftadan so‘ng, muzlatgichni ochgan ayol muzlatilgan odam oyog‘iga duch kelgani tufayli dahshatga tushgan.
"Men ikkinchi marotaba eshigini ochdim va yuragim hapqirib ketdi. Uydan qochib chiqdim va 911ga qo‘ng‘iroq qildim", — deb hikoya qilgan xaridor ayol.
Jasad yorib o‘rganilgach, politsiya bergan bayonotga ko‘ra, keksa ayol o‘z ajali bilan hayotdan ko‘z yumgan. U bo‘linmagan va unga zarar yetkazilmagan bo‘lgan.
Endilikda, mahalliy politsiya idorasi inson o‘limi haqida xabar qilmaslik yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.