Iqtisodiyot | 10:07 / 02.06.2016
4918
2 daqiqa o‘qiladi

Belgiya kompaniyasi «Kapitalbank» ATB aksiyalarini xarid qiladi

Belgiyaning East West Invest kompaniyasi «Kapitalbank» aksionerlik tijorat bankining aksiyalar paketini xarid qiladi. 

Bank aksionerlari, xorijiy investor bilan «Kapitalbank» qo‘shimcha aksiyalarini joylashtirish bo‘yicha investitsion memorandum imzolash sharti va tartibini tasdiqlashgan. 

«Kapitalbank» ATB aksiyalari, Respublika Prezidentining  2015 yil 21 dekabrdagi «Aktsionerlik jamiyatlariga xorijiy investorlarni jalb etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta'minlash maqsadida savdoga chiqariladi. Hujjatga muvofiq, aksionerlik jamiyatlari nizomidagi xorijiy investorlar ulushi kamida 15 foizni tashkil etishi kerak. 

Shunday qilib, aksionerlar qaroriga ko‘ra, bank nizom jamg‘armasini konvertirlanadigan imtiyozli aksiyalarni chiqarish bilan ko‘paytiradi. Mazkur emissiya doirasida, har biri 950 so‘mlik 15,179 mln dona imtiyozli aksiya chiqariladi. Uning umumiy qiymati 14,42 mlrd so‘mdan oshadi. East West Invest kompaniyasi esa, ushbu qimmatbaho qog‘ozlarning barchasini xarid qiladi. 

«Kapitalbank» ATB saytida e'lon qilingan bank nizomiga ko‘ra, moliya muassasasining nizom jamg‘armasi 81,7 mlrd so‘mni tashkil etadi. Bu har biri 950 so‘mlik 86 mln dona oddiy aksiyalar deganidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish