Britaniya sobiq bosh vaziri: "Rasmiy Kreml Litvinenkoni o‘ldirishga buyurtma bergan"
Buyuk Britaniya sobiq bosh vaziri Jordon Braun, Rossiya maxsus xizmati sobiq xodimi Aleksandr Litvinenko Kreml buyurtmasi bo‘yicha o‘ldirilgan, degan fikrni ilgari surayapti, deb yozmoqda The Guardian nashri.
Xabar qilinishicha, britan siyosatchisi hokimiyatni boshqargan davri xotiralariga oid kitob yozgan. Braun unda, Litvinenko o‘limiga doir holatlarga ham to‘xtalgan.
Jordon Braunning ta'kidlashicha, FXXning sobiq xodimini o‘ldirish to‘g‘risidagi buyruq "yuqoridan" bo‘lgan. Aleksandr 2006 yil noyabr oyida radioaktiv poloniy-210 moddasi bilan zaharlangan edi.
«Biz aniq bilardikki, bu qotillik tepadan buyurilgan. Shu boisdan ham, Britaniya yerida shunga o‘xshash yangi jinoyatlar sodir bo‘lishi ehtimolini yaxshi tushunardik», — deyiladi kitobning ushbu jinoyatga oid sahifalarida.
Jumladan, 2007 yil iyul oyida Skotlend-Yard, Londonga tadbirkor Boris Berezovskiyni o‘ldirish uchun yuborilganlikda gumon qilingan chechen millatiga mansub shaxsni qo‘lga olgan edi, deya xotirlaydi Braun. U shuningdek, Litvinenko o‘limiga oid tergov xulosalarini ma'qullashini bildirgan.
Britaniya sudi, Andrey Lugovoy va Dmitriy Kovtunlarni Aleksandr Litvinenkoni zaharlaganlikda aybdor deb topgan edi. Sud qarorida shuningdek, «FXXning Litvinenkoni o‘ldirish amaliyoti, janob Patrushev hamda prezident Putin tomonidan ma'qullangan bo‘lishi mumkin», degan taxmin ham ilgari surilgandi.
SMI: eks-premer Britanii obvinil Kreml v zakaze ubiystva Litvinenko
Byvshiy premer-ministr Velikobritanii Gordon Braun obvinil Kreml v