Jahon | 07:24 / 02.06.2016
2575
1 daqiqa o‘qiladi

Chexiya parlamenti va televideniyesi portlash tahdidi tufayli evakuatsiya qilindi

1 iyunda Chexiya parlamenti deputatlari o‘z yig‘ilishlarini portlash tahdidi tufayli to‘xtatishga majbur bo‘ldilar. Gap shundaki, noma'lum shaxs telefonda parlament binosi minalashtirilganini aytgan. Ma'lum bo‘lishicha, trevoga soxta bo‘lib chiqqan: huquq-tartibot muassasalari xodimlari hech qanday portlovchi qurilma aniqlashmagan. Biroq parlamentchilar o‘z ishlarini 2 iyunda davom ettirishga qaror qilishdi.

Bundan tashqari, 1 iyunda Pragada Chexiya televideniyesi binosida ham bomba qidirildi. U yerdan ham anonim qo‘ng‘iroq sababli odamlar evakuatsiya qilindi. Shu bilan birga jonli efirda translyatsiya olib borayotganlarga o‘z ish joylarida qolishga ruxsat berildi. Bu holda ham hech qanday portlovchi qurilma aniqlanmadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish