Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yengil va nopok daromadni ko‘zlagan odamfurushlar 8 yilga ozodlikdan mahrum etildi
Muyassar G‘ayratova (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) mo‘may daromadni orzu qilib, yengil va nopok yo‘lar bilan boyib ketishni rejalashtiradi. U Davron Zokirov va dastlabki tergov davrida shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan “Rustam” ismli kimsa bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, yengil yo‘l bilan xorijda pul topish istagini bildirgan qizlarni topishadi. So‘ngra ularni davlatimiz chegarasidan olib o‘tib, xorijda fahsh ishlarda foydalanishni rejalashtirishadi.
2014-2015 yillarda ularning tuzog‘iga bila turib, Svetlana Kim, Valentina Gubanova va Tatyana Siropatova kabi bir necha nafar qizlar ilinishgan ekan. Bu shaxslar jinoiy guruhning va'dalariga uchib, oylar davomida turli azoblarga duchor bo‘lishadi. Amal-taqal qilib yurtimizga kirib kelishadi va huquq-tartibot idoralariga ariza bilan murojaat qiladilar.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining hukmi bilan M.G‘ayratova hamda D.Zokirovga 8 yil muddatda ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.