Eronlik aktrisa Taraneh Alido‘stning tatuirovkasi OAVda katta muhokamaga sabab bo‘ldi
Eronlik mashhur aktrisa kameralar uning qo‘lidagi "ayol qudrati" tatusini tasodifan tasvirga tushirgandan keyin feminizm borasidagi bahs-munozaralar markaziga tushib qoldi.
So‘nggi "Buyurtmachi" filmi ikkita mukofotga sazovor bo‘lgan Taraneh Alido‘st Kann kinofestivalidan qaytganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbat o‘tkazdi, mikrofonni olayotganida uning qo‘lidagi tatuirovkasi ko‘ylagi yengidan ko‘rinib qoldi.
Aktrisaning qo‘liga tushirilgan tasvir hammani qiziqtirib qo‘ydi va Eron ijtimoiy media sahnida bunga rang-barang izohlar berishdi.
OAVda fotosuratning yasama ekanligini aytishsa, boshqa internet izohlovchilari uni Eron konservatorlari salbiy munosabatda bo‘lgan feminizmni targ‘ib qilishda ayblashdi. Ba'zi kimsalar esa uni ayollar orasida Islom respublikasida noqonuniy sanalgan bola oldirishni targ‘ib qilishiga doir fikrlar bildirishdi.
32 yoshli Alido‘st tvitterda "Feminist mushti" ramzi bo‘yicha shov-shuv bo‘layotgan masalaga oydinlik kiritdi:
"O‘zingizni bosing, ha, men feministkaman", deb yozdi u.
"Feminist - jinslarning ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy tengligiga ishonuvchi odam".
Alido‘st oilali, bir qizning onasi.