Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gabon 22 yil o‘tib yana OPeKka qaytadigan bo‘ldi
Gabon OPeKka doimiy a'zo sifatida yana qaytadigan bo‘ldi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bunday qaror Venada bo‘lib o‘tgan OPeK vakillarining navbatdagi uchrashuvida qabul qilindi.
Ta'kidlanishicha, mamlakat 2016 yil 1 iyuldan tashkilotda o‘z a'zoligini qayta boshlashi mumkin.
Gabon 1975 yildan OPeK a'zosi bo‘lgan, biroq undan 90-yillarda chiqib ketgan. Afrikada joylashgan davlat tashkilotga kirish arizasini oxirgi uchrashuv arafasida berdi.
Ma'lum bo‘lishicha, OPeK davlatlari Venadagi uchrashuv davomida neft qazib olish hajmini kamaytirish bo‘yicha yana kelisha olishmadi, biroq tashkilotning yangi bosh kotibini tayinlashdi. Tashkilotning yangi bosh kotibi nigeriyalik Muhammad Barkindo bo‘ldi.