Xakerlar TeamViewer foydalanuvchilari akkauntlarini buzishdi
Kompyuterlarga masofadan turib ulanish imkonini bera oladigan TeamViewer dasturi foydalanuvchilari, ularning rasmiy sahifalari buzilganidan nolishmoqda. Akkauntlarning buzilgani to‘g‘risidagi xabarlar hafta mobaynida Reddit ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘la boshladi.
TeamViewer akkauntiga ruxsatsiz kirish imkoniga ega bo‘lgan g‘arazgo‘ylar, kompyuterni masofadan boshqarishlari mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, ShKlarda "firibgar" ilovalar paydo bo‘ladi hamda kompyuter asl egasining bank hisob raqamlari va PayPaldagi mablag‘lari yo‘qoladi.
Shu bilan birga, xakerlar ikki bosqichli tekshiruvdan o‘tish va oq ro‘yxat qo‘llaniladigan akkauntlarni ham buza olishgan.
Ayni vaqtda, TeamViewer jamoasi aksincha, kompyuter tizimlari buzilmagani, balki hodisada foydalanuvchilarning o‘zlari aybdor ekanligini ta'kidlamoqda. Ular, ishonchsiz ma'lumotlardan foydalanishgan.
Bundan avvalroq, rossiyalik xaker LinkedInning 100 mln parolini o‘g‘irlagani to‘g‘risida xabarlar paydo bo‘lgandi.