Jamiyat | 07:38 / 02.06.2016
5347
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro koinot stansiyasidagi fazogirlar "ruslish" tilida muloqot qilishmoqda

Xalqaro koinot stansiyasidagi NASA va Rossiya fazogirlari o‘zaro muloqotda ikki til – rus va ingliz tili qorishmasi – "ruslish"da (Russian + English) gaplashishmoqda.. Bu haqda fazogir  Timoti Kopra tarixda birinchi marta XKSning amerikalik qismi Facebook foydalanuvchilari bilan o‘tkazgan jonli muloqotda aytib berdi.

"Biz uchalamiz ham ozmi-ko‘pmi ruschada gaplasha olamiz, bizning rossiyalik do‘stlarimiz esa inglizchani a'lo darajada bilishadi. Biroq biz birga yig‘ilganimizda bir vaqtning o‘zida inglizchada ham, ruschada ham gaplashamiz. O‘ziga xos "ruslish" tili paydo bo‘ladi", deb aytdi Kopra ijtimoiy tarmoq asoschisi Mark Tsukerbergning savoliga javoban.

Fazogir asosiysi XKSda o‘zaro muloqot muammosiz kechayotgani va bu barcha belgilangan vaziflaarni bajarishga imkon berishini aytib o‘tdi. Kopra yevropalik, kanadalik va yapon fazogirlari bilan muloqot ingliz tilida olib borilishini qo‘shimcha qildi.

Hozirda XKSning Rossiya segmentida Yuriy Malenchenko, Aleksey Ovchinin va Oleg Skripochka, AQSh segmentida esa NASA fazogirlari Timoti Kopra va Jyeffri Uilyams hamda britaniyalik fazogir Timoti Pik ishlamoqda.