16:24 / 02.06.2016
3761

Xitoyda ayol haydovchilar uchun keng avtomobil turargohlari yaratildi

Xitoyning Chjetszyan va Tszyansi provinsiyalarida ayol haydovchilarga mo‘ljallangan maxsus avtoturargohlar tashkil etildi. 370tacha avtomobil turar joylarini pushti rangli bo‘yoq bilan belgilab chiqildi. Bu haqida Mashable xabar qildi

Bu avtomobil turar joylari provinsiya hududida joylashgan boshqa avtoturargohlardan ikki barobar keng. Hukumat go‘zal jins vakillarining transport vositalarini joylashtirish jarayonini yengillashtirish maqsadida shunday qaror chiqardi. 

Loyiha rahbari Pan Chjujenning ma'lum qilishicha, bunday maxsus joylarning yaratilishi ayollarning mashinalarini joylashtirishda muntazam muammolarning yuzaga kelishi natijasida ro‘y berdi. Bunday choralar avtoturargohlardagi tartibsizlikdan xalos bo‘lish imkonini beradi.

Top