Jamiyat | 16:19 / 02.06.2016
5117
2 daqiqa o‘qiladi

Iks Odamlar haqidagi serial 2017 yilning boshida ekran yuzini ko‘radi

Iks Odamlar to‘g‘risidagi "Legion" seriali 2017 yilning boshida FX kanalida namoyish etilishi kutilmoqda, deb xabar beradi The Guardian. 

Serialda bosh rolni "Daunton abbatligi" yulduzi Den Stivens talqin etadi. 

"Legion" uchuvchisiga yetti oy avval "yashil chiroq" yoqilgan. Marvel va FX sakkiz epizoddan iborat to‘liq mavsumni suratga olish rejalari haqida ma'lum qilishdi. Loyiha bilan Noy Xouli shug‘ullanmoqda.

Serialning bosh qahramoni - Iks Odamlar asoschisi Charlz Ksaverning o‘g‘li Devid Holler. To‘liq metrajli kinoda Ksaverni Jyeyms Makevoy va Patrik Styuart ijro etishmoqda. Syujyetga ko‘ra, Hollerga shizofreniya tashxisi qo‘yiladi, ammo boshqa bemor bilan g‘alati uchrashuv uni ko‘ziga ko‘ringan narsalar real haqiqat bo‘lishi mumkinligiga ishontiradi. 

May oyida "Iks Odamlar: Apokalipsis" filmi dunyo prokatiga chiqdi. MDH prokatida u birinchi o‘rinni egalladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish