Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindistonning Bihar shtati o‘quvchilari qayta imtihon topshiradigan bo‘lishdi
Hindistonning Bihar shtatidagi o‘rta maktablardan birini bitirayotgan 14 nafar o‘quvchi, bitiruv imtihonlarini a'lo baholarga topshirganidan so‘ng, ularni testdan qayta o‘tkazishga qaror qilindi, deb ma'lum qilgan mahalliy hukumat vakili.
Bunga, talabalardan biri, 17 yoshli o‘quvchi qizning mahalliy mediakanallardan biri bilan suhbatida, siyosiy fanlarni oshpazlikka qiyoslagani sabab bo‘lgan.
U va boshqa talabalarning intervyusi aks etgan videolavhalar Hindiston bo‘ylab keng tarqalgan va munozaralarga sabab bo‘lgan.
O‘tgan yili, ota-onalarning imtihonlarda farzandlariga yordam berish uchun shtatdagi maktablardan birining devoriga chiqib olgani aks etgan suratlar ham munozaralarni keltirib chiqargan edi.
Shundan so‘ng, shtat ma'muriyati bu yilgi imtihonlar uchun talablarni kuchaytirib, qoida buzganlar uchun jarima va hatto qamoq jazosi tayinlashga qaror qildi.
O‘tgan hafta e'lon qilingan imtihon natijalari pastligi, umuman choralar ta'sir qilganini isbotlaydi.
Albatta, Ruby Raining intervyusi paydo bo‘lguncha, shunday hisoblab kelinayotgan edi.
Endilikda mahalliy hokimiyat, Ray va birgina kimyoviy savolga javob bera olmagan Saurabh Shrestha natijalarini gumon qilmoqda.
Ushbu ikki talaba bilan birga yana 12 nafar o‘quvchi imtihonlarda yuqori natija ko‘rsatishgan. Ularning barchasi, fanlar bo‘yicha ekspertlar guruhi oldida yozma test topshirib, suhbatdan o‘tishlariga to‘g‘ri keladi.
Ularning husnixatlari ham, savollarga o‘zlari javob berganliklariga ishonch hosil qilish maqsadida tekshiriladi.