Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infantino, Puyol va Boban Moskvada rossiyalik artistlar jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashdi
FIFA prezidenti Janni Infantino, tashkilot bosh kotibining birinchi o‘rinbosari, xorvatiyalik sobiq futbolchi Zvonimir Boban, "Barselona"ning sobiq futbolchisi Karles Puyol hamda Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko kabilardan iborat jamoa rossiyalik artistlardan tuzilgan va Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich bosh bo‘lgan jamoaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi.

FIFA ko‘ngillilari jamoasi safida "Rossiya-2018" tashkiliy qo‘mitasi bosh direktori Aleksey Sorokin hamda Rossiya terma jamoasining sobiq himoyachisi Aleksey Smertin ham bor bo‘lib, "Starko" deb nomlangan artistlar jamoasiga qarshi uchrashuvda 0:0 hisobi qayd etilgan.

"Starko" jamoasi tarkibida Yuriy Davidov, Ilya Averbux, Viktor Zinchuk, Edgar Zapashniy, Sergey Shavlo, Nikolay Gulyayev, Ektor Brakamonte va boshqa yulduzlar harakat qilishgan.

Uchrashuv Moskva shahridagi "Spartakovets" jamoasining Nikolay Starostin nomidagi o‘yingohida o‘tkazilgan.
