22:46 / 02.06.2016
8692

Krishtianu Ronaldu YeChL g‘olibligi uchun olgan mukofotini muhtojlar uchun xayriya qildi

"Real" jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu UYeFA tomonidan YeChL g‘olibligi uchun taqdim etilgan mukofot pulidan ulushi bo‘lgan 600 ming yevro BMT xayriya jamg‘armasi uchun berdi. Bu haqda Bolsamania xabar tarqatdi.

Mablag‘ning muhtojlarga tarqatilishi bilan Krishtianu Ronalduning agenti Jorjye Mendesh shug‘ullanadi.

28 may kuni "Real" YeChL finalida "Atletiko" ustidan o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, 11 marta YeChL g‘olibiga aylangandi.

Top