Jahon | 20:33 / 02.06.2016
4468
1 daqiqa o‘qiladi

Lataqiya shahridagi masjid yonida kuchli portlash sodir etildi

Suriyaning Lataqiya shahrida odamlar masjiddan ibodatdan chiqib kelishayotgan vaqtda uning yonida kuchli portlash sodir etildi.

Bu haqda mahalliy va Livan televideniyesiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Terakt oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lgan. Masjid shahar markazi yonida joylashgan bo‘lgan.