Jamiyat | 20:20 / 02.06.2016
4948
2 daqiqa o‘qiladi

Latviyada 18 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklar sotish taqiqlandi

Latviyada 18 yoshgacha bo‘lganlarga energetik ichimliklarni sotishni taqiqlashni ko‘zda tutuvchi energetik ichimliklar oboroti haqidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, deb xabar bermoqda Latviya sog‘liqni saqlash vazirligi.  

Energetik ichimliklar sotuvchilari endilikda yoshlardan ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjat talab qilishlari lozim bo‘ladi.

"Do‘konlarda energetik ichimliklarni boshqa ozik-ovqat mahsulotlaridan alohida ajratish va ularning yonida ular tarkibida katta miqdorda kofein moddasi borligi haqidagi ko‘rsatmani joylashtirish rejalashtirilmoqda", deb ma'lum qilindi vazirlikda.   

Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar energetik ichimliklar reklamasiga cheklov hamda reklamaga energetik ichimliklarni haddan ko‘p iste'mol qilish sog‘liqqa zarar yetkazishi haqidagi ogohlantirishni kiritishni ham ko‘zda tutadi. 

Avvalroq o‘zgartirishlar mualliflari ta'kidlaganidek, energetik ichimliklarning oborotida asosiy  muammo ularning haddan ziyod ko‘p, shu bilan birga spirtli ichimliklar bilan birga iste'mol qilinishi hisoblanadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish