Jahon | 20:34 / 02.06.2016
3445
1 daqiqa o‘qiladi

Liviya qirg‘og‘ida 25 muhojirning jasadi topildi

Liviyaning Zuara shahridan uzoq bo‘lmagan hududda, O‘rta Yer dengizi qirg‘og‘ida kamida 25 muhojir jasadi aniqlandi. Bu haqda Xalqaro "Qizil Yarim oy" jamiyati ma'lumotiga asoslanib, Reuters xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, ular O‘rta Yer dengizini suzib o‘tishga harakat qilganida cho‘kib ketgan.

Tashkilot vakili Al-Hamis al-Bosafining aytishicha, bu halokat tafsilotlari hali to‘liq o‘rganilmadi.

Bundan oldinroq, yil boshidan buyon O‘rta Yer dengizi orqali kemalarda Yevropaga yetib olishga urinish chog‘ida halok bo‘lganlar soni 2,5 ming nafardan ortiqligi haqida xabar berilgandi. Qayd etilishicha, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 35 foizga ortiqdir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish