Jamiyat | 23:47 / 02.06.2016
36347
1 daqiqa o‘qiladi

Nargiz Zokirova 20 yillik turmushidan so‘ng ajrashmoqda

«Golos» yulduzlar shousi ishtirokchisi, xonanda Nargiz Zokirova 20 yillik turmushidan so‘ng ajrashmoqda, deb xabar beradi  «StarXit» nashri. Xonandaning turmush o‘rtog‘i  — italyalik qo‘shiqchi Filipp Balzano.

Zokirova Nyu-Yorkdagi nikohlari qayd etilgan yerda ajrimga ariza tashlagan.  Uning ta'kidlashicha, ajrashishning asosiy sababi moliyaviy kelishmovchilik bo‘lgan.  

«Men sud orqali ajrashishga qaror qildim, chunki Fil tinch yo‘l bilan orani ochiq qilishni istamadi. So‘nggi yillarda bizning turmushimiz huddi jahannamga o‘xshab qolgan edi. Mening sobiq turmush o‘rtog‘im shantaj va tahdid qilishgacha yetib bordi», — deydi Zokirova.

Uning aytishicha, Balzano ajrim uchun 40 ming dollar talab qilmoqda. Xonanda prodyuseri Maksim Fadeyevning huquqshunoslariga ushbu ajrim jarayonida yaqindan yordam berayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.