Light | 19:35 / 02.06.2016
6855
1 daqiqa o‘qiladi

Nike kompaniyasi yangi mahsulotini Krishtianu Ronalduga bag‘ishladi

Amerikaning sport poyabzali va kiyimlari ishlab chiqaruvchi Nike kompaniyasi Air Force 1 Ultra F.C. sport poyabzalini ishlab chiqib, uni portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga bag‘ishladi, deb xabar qilgan Highsnobiety.

Krossovkalarning yuqori qismi kobalt-ko‘k rangga bo‘yalgan bo‘lib, pastki qismi oq tusda. Poyabzal iyun oyi boshida savdoga chiqariladi hamda ularni internet va savdo do‘konlarida xarid qilish mumkin bo‘ladi. Hozircha uning narxiga oid ma'lumotlar mavjud emas.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish