Jahon | 10:17 / 02.06.2016
4293
1 daqiqa o‘qiladi
Pokistonda po‘rtana oqibatida kamida 9 kishi halok bo‘ldi
Pokiston shimolida ro‘y bergan po‘rtana oqibatida 100ga yaqin kishi jabrlangan va kamida 9 kishi halok bo‘lgan.
Mahalliy nashrlarda xabar qilinishicha, kuchli jala tufayli 1 soat ichida mamlakat poytaxtini Ravalpindi shahri bilan bog‘lovchi 100 kilometrlik yo‘l buzilib ketgan. Qurbonlarning aksariyati binolar qulashi tufayli halok bo‘lgan.
Bundan tashqari, noqulay ob-havo sharoitlari tufayli Benazir Bxutto nomidagi xalqaro aeroportda barcha reyslar bekor qilingan.
Tabiat hodisasidan Xayber-Paxtunxva hamda qabilalar federal boshqarmasi hududida yashovchilar ham katta talofat ko‘rishgan.