Jamiyat | 22:21 / 02.06.2016
15905
1 daqiqa o‘qiladi

"Teshikli" mushuk surati internet shov-shuviga aylandi

Yaponiyalik fotosuratchi tvitterga chap tomonidagi g‘ayrioddiy belgi tufayli internet shov-shuviga aylangan «teshikli» mushukning suratini joyladi. Bu haqida Express nashri xabar beradi.

Sahroda tushirilgan fotosuratda mushukning ustidagi dog‘ o‘zining zanjabil rangi bilan qumnikiga uyg‘unlashib ketgandek illyuziyani yaratadi. Shuningdek, doirasimon tarqalgan qora dog‘ ham xuddi uzuk kabi teshikka o‘xshab optik chalg‘itadi. Bu surat ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvga aylandi.


Yaponiyalik fotosuratchi avval yovvoyi hayvonlar surati tushirilgan kitob nashr qilgan edi. Ayni damda esa sahrodagi jonivorlarni suratga olmoqda.