O‘zbekiston | 20:24 / 02.06.2016
4518
1 daqiqa o‘qiladi
TIVda O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi
2016 yilning 2 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Amerika Qo‘shma Shtatlarining favqulodda va muxtor elchisi Pamela Leora Spratlenni qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh kun tartibining dolzarb masalalari, jumladan ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi qo‘shma tadbirlarda delegatsiyalarning ishtirok etish jadvali muhokama qilindi.