19:11 / 02.06.2016
7055

"Yulduzcha" tanloviga arizalar qabul qilish davom ettirilmoqda

"Yulduzcha" tanloviga arizalar qabul qilish jarayoni 20 maydan 6 iyunga qadar davom etiriladi. Tashkilotchilar jamoatchilik tomonidan bildirilgan taklif va istaklardan kelib chiqqan holda ana shunday qarorga keldilar. Mamlakatimizning chekka hududlarida istiqomat qiluvchi yosh iste'dod egalari 6 iyunga qadar o‘z xujjatlarini tashkilotchilarga taqdim etish imkoniyatiga egadirlar. Shuni alohida takidlab o‘tish lozimki, tanlovga xujjat topshirish buyicha Farg‘ona, Samarqand, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahri ishtirokchilari ancha faoldirlir.

“Yulduzcha” bolalar musiqiy televizion tanlovining respublika saralash bosqichi 7-8-9 iyun kunlari Toshkent shahrida, Mustaqillik maydoni 2, manzilida joylashgan "Kamolot" yoshlar ijod saroyida bo‘lib o‘tadi. Hozirgi kunda tashkilotchilar tomonidan tanlovni yuqori darajada o‘tkazish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Tanlov haqida “yutub”dagi quydagi manzilda to‘liq ma'lumot olish mumkin bo‘ladi.

Top