Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:46 / 02.06.2016
5184
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Sochiga aviareyslarni ko‘paytiradi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi Sochi shahriga amalga oshiradigan parvozlari sonini yana bittaga ko‘paytirmoqda, deb xabar qilmoqda aviakompaniya matbuot xizmati.
Xabarlarga ko‘ra, ikkinchi reys 2016 yil 19 iyulidan 16 avgustigacha qulay A-320 aerobuslarida seshanba kunlari amalga oshiriladi. Samolyot Toshkentdan ertalabki 7:00da uchib, Sochiga 8:55da qo‘nadi.
Ort yo‘nalishga Sochidan 10:25 da parvoz etib, Toshkent aeroportiga 15:50 da qo‘nadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish