Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jahon tillari va madaniyati festivali bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida jahon tillari va madaniyati festivali bo‘lib o‘tdi. Unda universitet professor-o‘qituvchilari, talabalar, mamlakatimizdagi diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari rahbarlari ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Festivalda O‘zbekiston bilan birga Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Germaniya, Xitoy, Hindiston, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya kabi yigirmaga yaqin mamlakatning madaniyati, san'ati, milliy an'ana va urf-odatlarini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etildi.
O‘zbek milliy raqslari bilan boshlangan festival xitoy, yapon, hind, ingliz, polyak, nemis, fransuz, rus, arab xalqlari madaniyatini mujassam etgan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari, qo‘shiq va raqslar bilan davom etdi.
Bu kabi festivallar talaba-yoshlarda do‘stlik, bag‘rikenglik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.