Jamiyat | 00:03 / 03.06.2016
5897
1 daqiqa o‘qiladi

AQShning sobiq prezidenti Ronald Reygan va uning rafiqasiga tegishli buyumlar sotuvga qo‘yildi

AQShning sobiq prezidenti Ronald Reygan va uning rafiqasi Nensi Reyganning Kaliforniyadagi uyidagi buyumlar sotuvga qo‘yildi, deb xabar bermoqda Christie's auksion uyiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Sotilayotgan buyumlar orasida san'at asarlari, zargarlik buyumlari bor. Ular Reyganlarning Los-Anjyelesning Bel-Eyrdagi uyida saqlangan.

Sotuv sentabrga belgilangan. Bir qator onlayn va yuzma-yuz auksionlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Umumiy hisobda sotuvga 700 ga yaqin lot qo‘yilgan. Auktsion uyida 2 mln dollar qiymatida daromad olish mo‘ljallanmoqda. 

Olingan pullar Reyganning vasiyati bilan Ronald Reygan jamg‘armasi va uning nomidagi institutga beriladi.

Reygan AQShning 40-prezidenti bo‘lib, u bu lavozimga 1980 yilda saylangan. Reygan 2004 yilda, uning rafiqasi esa 2016 yilda vafot etgan.