Sport | 12:20 / 03.06.2016
5421
1 daqiqa o‘qiladi

APL futbolkaning orqa qismida chiziqlardan foydalanishni taqiqladi

Angliya Premer-ligasi jamoalarga futbolkaning orqa qismida, futbolchining raqami va familiyasi joylashadigan o‘rinda chiziqlardan foydalanishni taqiqladi

Muxlislar va hakamlar futbolchining formasidan raqami va familiyasini oson aniqlab olishlari uchun shu qoida joriy qilingan.

Qayd etilishicha, UYeFA APLdan shu tartibni ta'minlashni talab qilgan.

Shu tariqa, «Sanderlend», «Stok Siti», «Sautgempton», «Hall Siti», «Bornmut» va «Vest Bromvich» jamoalarining an'anaviy formalariga o‘zgartirishlar kiritilishiga to‘g‘ri keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish