Arab koalitsiyasi bolalar o‘limi tufayli BMTning "qora ro‘yxati"ga kirdi
BMT bosh kotibi Pan Gi Mun Saudiya Arabistoni boshchiligida Yamanda harbiy harakatlar olib borayotgan arab koalitsiyasini harbiy harakatlar davomida tinch aholi vakillari bo‘lgan bolalarning o‘limi kuzatilgani tufayli "qora ro‘yxat"ga kiritdi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bergan.
"Yamanda ikki tomondan, husiychilar tomonidan ham, Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya tomonidan ham shifoxonalar va maktablarga hujumlar qilinib, qotilliklar amalga oshirilishi bo‘yicha qoidabuzarliklar qayd etilgan", deydi Pan Gi Mun.
BMT hisoblariga ko‘ra, koalitsiya qurolli to‘qnashuvlar vaqtida halok bo‘lgan 510 bolaning (Yamanda keyingi 2 yil davomida halok bo‘lgan bolalarning 60 foizi) o‘limida aybdor hisoblanadi. Shuningdek, arab koalitsiyasi hujumlari tufayli 667 bola mayib-majruh bo‘lgan.
Bundan oldinroq, Oq uy AQSh tomonidan Saudiya Arabistoniga kassetali bombalar yetkazib berishiga taqiq qo‘ygani haqida xabar berilgandi.