Armaniston prezidenti Germaniyaga armanlar genotsidini tan olgani uchun minnatdorchilik bildirdi
Armaniston prezidenti Serj Sargsyan Germaniya prezidenti Yoaxim Gauk, kansleri Angela Merkel va bundestag raisi Norbert Lammertga nemis parlamenti armanlar genotsidi tan olinishi haqidagi rezolyutsiyani qabul qilgani uchun minnatdorchilik bildirdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Sargsyan, shuningdek, Germaniya rahbarlari, siyosiy va jamoatchilik kuchlariga ushbu qaror uchun ovoz berganlari uchun chuqur minnatdorchilik bildirdi.
"Germaniya bundestagi tomonidan armanlar genotsidi haqidagi rezolyutsiyaning qabul qilinishi nafaqat Armaniston va arman xalqi, Germaniya va nemis xalqi, balki butun madaniy dunyo uchun haqiqatda tarixiy qadam bo‘ldi. U demokratiya, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ifodalaydi va Germaniyaning ularni asrash ishidagi izchil rolini ta'kidlaydi", deb aytdi Armaniston prezidenti.
2 iyunda Germaniya parlamenti Usmon imperiyasi tomonidan armanlar genotsid qilinganini tan olish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi. Turkiya bu qarorni qoraladi. Rezolyutsiyani deyarli barcha parlamentariylar qo‘llab-quvvatladi, bir kishi qarshi chiqdi, yana bir kishi betaraf qoldi.
Turkiya ushbu holat yuzasidan Berlindagi elchisini maslahatlashuv o‘tkazish uchun ortga chaqirtirib oldi.