Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyalik Styuart Boyd ismli shaxs yangi pasportida Adolf Gitlerga o‘xshab qoldi
Britaniyaning Solford shahrida istiqomat qilib kelayotgan fuqaro yangi fuqarolik pasportidagi suratida Adolfa Gitlerga o‘xshab qoldi, deb yozmoqda BBC.
Bu haqda Styuart Boyd (Stuart Boyd) ismli bu shaxsning o‘zi ham pasportini suratga olib, feysbukdagi sahifasi orqali ilova qildi.
Surat ostida esa 50 yoshga to‘lganidan so‘ng pasportini almashtirganligi, fuqaroligini tasdiqlovchi ushbu hujjatni qo‘liga olgach, omadsiz qoramtir suratidan norozi bo‘lganligi haqidagi izohlarni yozib qoldirdi.
Suratda o‘z mo‘ylabi va Gitler mo‘ylabi o‘rtasida g‘alati o‘xshashlikni payqab qolgan fuqaro mahalliy ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limiga shikoyat bilan murojaat qildi, deb yozadi The Mirror.

Ro‘yxatga olish bo‘limi xodimlaridan biri Boyddan uzr so‘rab, hujjatni qaytarishini iltimos qildi va muassasa hujjatni bepul almashtirib berishga va'da beradi.
Aks holda Boyd ushbu hujjatni o‘zi bilan bilan o‘n yil davomida olib yurishi mumkin edi.