Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp Klinton xonimni qamashga va'da bermoqda
AQSh prezidentligi uchun asosiy da'vogarlardan biri milliarder Trampning fikricha, Hillari Klinton xizmat yozishmalari qoidasini qo‘pol ravishda buzganligi uchun qamoqda o‘tirishi kerak, deb yozmoqda The Hill nashri.
«Hillarining men haqimda aytgan bugungi yolg‘on so‘zlaridan so‘ng...men unga javoban shunday deyman: Hillari Klinton qamoqda o‘tirishi kerak», — deya bayonot bergan Tramp Kaliforniya shtatining San-Xose shahridagi mitingida.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Klinton, qamoq jazosidan qutilib qolish uchun Eron bilan yadro bitimini qo‘llab-quvvatlagan.
«Gapning indallosini aytganda, u juda ham aybdordir. Uning saylovoldi kampaniyasida ishtirok etayotgani, Qo‘shma Shtatlar uchun, millatimiz uchun sharmandalikdir», — deya qo‘shimcha qilgan siyosatchi.
2 iyun kuni, Hillari Klinton, respublikachi Tramp Amerika prezidenti bo‘lsa, «Kreml tantana qilishi»ni aytib, Tramp prezident bo‘lishga loyiq emasligi haqida ishonch bildirgan edi.
«U ma'nan bu lavozimga loyiq emas, chunki prezidentlik uchun katta bilim, sabr va jiddiy mas'uliyat talab etiladi», — deb qayd etgan edi sobiq davlat kotibi.