Erdo‘g‘anning shaxsan o‘zi Turkiyaning Somalidagi yangi elchixonasini ochdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Somali poytaxti Mogadishoda kuchaytirilgan xavfsizlik choralari vaziyatida Turkiyaning yangi elchixonasini ochdi. Erdo‘g‘anning Somaliga tashrifi somalilik jangarilar Mogadishodagi mehmonxonalardan biriga hujum qilganidan ikki kun o‘tib bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.
Ta'kidlanishicha, Turkiya prezidenti Somaliga uchinchi marta kelmoqda. U oxirgi o‘n yilliklarda urush sababli parchalanib ketgan Somaliga kelgan yagona afrikalik bo‘lmagan prezidentdir. O‘tgan yili Erdo‘g‘an turk delegatsiyasi yashagan mehmonxonaga jangarilar hujum uyushtirgan kunning ertasiga Somaliga kelgandi. O‘shanda hujum oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.
Ma'lum qilinishicha, Erdo‘g‘an yangi elchixona oldidagi tasmani kesdi hamda elchixonani Turkiyaning Afrikadagi eng ilg‘or va eng katta elchixonasi deb atadi.
"Bizning Somali bilan loyihalarimiz davom etadi", deb ta'kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.
Erdo‘g‘an safari davomida mamlakat rahbariyati bilan ham uchrashadi.
Erdo‘g‘an Somaliga kelishidan avval Uganda va Keniyada bo‘ldi.
Avvalroq Mogadishodagi Ambassador mehmonxonasi oldida minalashtirilgan avtomobil portlatilishi oqibatida 16 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi.
Ayni vaqtda Somalida fuqarolik urushidan keyin deyarli bir nechta tan olinmagan davlat yuzaga kelgan.