Jahon | 13:58 / 03.06.2016
6068
1 daqiqa o‘qiladi

Etihad Airways dunyodagi eng qimmat aviachiptani sotuvga qo‘ydi

Samolyot orqali amalga oshiriluvchi London - Melburn ikki tomonlama yo‘nalishli chipta 111,2 ming Avstraliya dollari (80,5 ming dollar)ni tashkil qilib, u bugungi kunda dunyodagi eng qimmat chipta hisoblanadi. Uni Etihad Airways aviakompaniyasi sotuvga qo‘ymoqda. Bu haqida Daily Mail gazetasi xabar berdi

"Kim bu gigant summani to‘lasa, avialayner bortida uch xonali nomer bilan birga yordamchi xodim va oshpaz xizmatlari ham taqdim etiladi", - deya ta'kidlaydi manba. 

Mehmonxona, ikki o‘rinli krovatga ega yotoqxona va yuvinish xonasi yo‘lovchi ixtiyoriga topshiriladi. Nomerda ikkita televizor bor. 

Parvoz Airbus A380-800 avialaynerida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. 

Bundan avvalgi eng qimmat chipta Nyu-York - Mumbai ikki tomonlama yo‘nalishiga belgilangan bo‘lib, uning bahosi 105 ming Avstraliya dollari (75,9 ming dollar)ni tashkil qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish