Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Frantsuz siyosatchisi: Agar Benzema Fransiyada baxtli bo‘lmasa, borib Jazoir uchun o‘ynasin
«Milliy front» partiyasi yetakchisi, Milliy yig‘ilish (Fransiya parlamenti) deputati Marion Mareshal Le Pen (partiya asoschisi Jan-Mari Le Penning qizi – izoh tahririyatniki) Karim Benzema tomonidan o‘zining terma jamoa safida Yevro-2016 o‘yinlarida ishtirok etmasligi irqchilik harakati ekani aytilgan chiqishga munosabatini bildirdi.
«Benzema bizning yurtimizda dunyoga kelgan va voyaga yetgan, Fransiya fuqarosi sifatida badavlat odamga aylangan. Hozir esa u barchasiga tupurmoqda. Bu yaxshi emas.
«Mening vatanim Jazoir, Fransiya – shunchaki sport uchun». Agar u bu yerda o‘zini baxtsiz his qilayotgan bo‘lsa, uni qo‘yib yuborish kerak, borsin, «o‘z vatani»da o‘ynasin», – deya yozgan Le Pen o‘z tvitterida.